TADBIR DAVOM ETMOQDA
"O‘zmetkombinat" AJning tarkibiy bo‘linmalarida "Kombinat ravnaqiga hissa qo‘shganligi uchun" ko‘krak nishonini o‘z egalariga topshirish tadbirlari davom etmoqda. Kombinat boshqaruv raisi - bosh direktor o‘rinbosari - ijrochi direktor Roman Garayev uzoq yillar davomida samarali mehnat qilib, korxona iqtisodini yuksalishida o‘z hissalarini qo‘shib kelayotgan bir guruh metallurglarni mukofotlar bilan tantanali ravishda taqdirladi.