+998 71 514-14-62
Sahifa bölimlari

KUTILGAN NATIJALARGA ERISHILMOQDA

KUTILGAN NATIJALARGA ERISHILMOQDA
1 / 3

Bo‘limida 70 ortiq dastgohchi bo‘lib 3 smenada ish faoliyatini yuritadi. Jamoa oxirgi oylarda Elektrda po‘lat eritish bo‘limining uzluksiz po‘lat quyish qurilmasi uchastkasi uchun  "Rukava 764x480x8000" detali,  "Svot F3150 e558" va "stoyka" detallari ta’mirlandi. Navli prokat bo‘linmasi to‘liq ta’mirlanishi uchun kerakli ehtiyot qismlari tayyorlandi. Zoldir prokat bo‘linmasini modernizatsiya qilish bo‘yicha zarur bo‘lgan ehtiyot qisimlar yasaldi va oylik ish rejasi 101 foizga bajarildi. Shu ishlarni bajarishda o‘zlarining munosib hissalarini qo‘shib kelayotgan ilg‘or ishchilardan yo'nuvchi tokarlardan Sayfulla Usmonov, Qahramon Mirmustakimov, Dilmurod Qo‘shmatov,  Komil Mirzayev, Rustam Abduhamidov, Qudratulla Dadamuhammedov, Abdug‘affor Abdujabborov, Ilhomiddin Umarov, Ikrom Abdullayev va frezalovchilar Farhod O‘rozov, Davron Gazibekovlar oldilariga qo‘yilgan topshiriqlarni munosib bajarib mehnat muvaffaqiyatlariga erishmoqdalar.

0.000 ta baho
Maqolani baholang
← Yangiliklarga qaytiş