Bekor qilish


Shrift(

1

x

)
Masshtab(100%)
A
A
A

Saytda ovoz jo`rligi(suhandon tekstni o`qib berishi) funksiyasi mavjud. Buning uchun kerakli tekstni belgilaysiz, paydo bo`lgan oynadan bosqichni tanlaysiz. Agar to`xtatmoqchi bo`lsangiz bosqichni tanlaysiz

instagram telegramm
+998702141462

Bosh sahifa / Axborot xizmati / Yangiliklar / Kundalik yangiliklar

“YONG‘IN XAVFSIZLIGI OYLIGI” TADBIRLARI

22.11.2024 25.11.2024 123

      

“Yong‘in xavfsizligi oyligini o‘tkazish davomida yong‘in xavfsizligini ta’minlash, xususan yong‘inlar bilan bog‘liq favqulodda vaziyatlarning oldini olishga qaratilgan profilaktik tadbirlar keng qamrovda va sifatli o‘tkazilib borilmoqda. Shuningdek, korxona ishchi xizmatchilari bilan favqulodda vaziyatlar sodir bo‘lganda harakatlanish tartibi hamda korxonadagi mavjud birlamchi yong‘in o‘chirish vositalaridan qanday foydalanishlari to‘g‘risida tushunchalar berilib, keng ko‘lamli targ‘ibot va tushuntirish ishlari o‘tkazilmoqda. 

Kombinatimizning Xalq iste’moli mollari ishlab chiqarish bo‘linmasi hovlisida o‘tkazilgan tadbirda Favqulodda vaziyatlar va radiatsiya bo‘limi boshlig‘i Jamshid Kamolxadjayev, Yong‘in xavfsizligi qismi inspektorlari bilan hamkorlikda  yig‘ilganlarga shu haqida fikrlar bildirishdi.

Shu bilan bir qatorda yong‘inga sabab bo‘luvchi vositalar, asbob-anjomlar, xususan, dazmol, elektr suv isitgichlari, elektr isitish asboblari, televizor, mikroto‘lqinli pechlardan ehtiyotkorona foydalanish, har bir ishlatilgan buyumni o‘chirib, yosh bolalarni nazoratsiz qoldirmaslik, oshxonalarda gazni keraksiz paytlarda o‘chirish, uyqudan oldin uyni yana bir bor ko‘zdan kechirish, biror xavf-xatar sezilganda 101 raqamiga zudlik bilan qo‘ng‘iroq qilish ta’kidlab o‘tildi.

 

0

(0 ovoz)