Bekor qilish


Shrift(

1

x

)
Masshtab(100%)
A
A
A

Saytda ovoz jo`rligi(suhandon tekstni o`qib berishi) funksiyasi mavjud. Buning uchun kerakli tekstni belgilaysiz, paydo bo`lgan oynadan bosqichni tanlaysiz. Agar to`xtatmoqchi bo`lsangiz bosqichni tanlaysiz

instagram telegramm
+998702141462

Bosh sahifa / Axborot xizmati / Yangiliklar / Kundalik yangiliklar

Kombinat Kasaba uyushmasi qo‘mitasi faoliyati

22.11.2024 25.11.2024 95

   

Kombinat Kasaba uyushmasi qo‘mitasi faoliyati davomida yoshlar masalalari va ma’naviy-ma’rifiy ishlar, sport, sog‘lomlashtirish va ekoturizm masalalari, xotin-qizlar masalalari, moliyaviy, iqtisodiy va rag‘bat, mehnat nizolari va ijtimoiy muhofaza, mehnat muhofazasi va yong‘in xavfsizligi masalalari kabi yo‘nalishlarda faoliyat yuritib kelmoqda.

O‘zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasi apparatining 2024-yil II-yarim yilligi uchun mo‘ljallangan ish rejasiga asosan O‘zbekiston Metallurgiya va mashinasozlik sanoati xodimlari kasaba uyushmasiga a’zo tashkilotlarda mehnat munosabatlariga oid normativ-huquqiy hujjatlarga rioya etilishi hamda xodimlar uchun qulay va xavfsiz mehnat sharoitlarini yaratish bo‘yicha olib borilayotgan ishlarni o‘rganish yuzasidan joriy yilning 19-noyabr kuni O‘zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasi hamda Toshkent viloyati Kengashi Mehnat huquq va texnik inspektorlari tomonidan “O‘zmetkombinat” AJ mas’ul xodimlari, shuningdek, Kasaba uyushmasi qo‘mitasi vakillari ishtirokida tashkilotda xodimlar uchun yaratilgan mehnat sharoitlari jamoatchilik tartibida o‘rganildi.

 O‘rganishlar jarayonida ish beruvchilar, kasaba uyushmasi qo‘mitasi raislari, mutaxassislar va boshqa tegishli mas’ul shaxslarga O‘zbekiston Respublikasining Mehnat kodeksi, mehnatni muhofaza qilish Qonuni va shunga doir boshqa huquqiy-me’yoriy hujjatlarga muvofiq bo‘lishi xodimlarning ijtimoiy-iqtisodiy huquq va manfaatlariga taalluqli bo‘lgan normativ-huquqiy hujjatlarga hamda texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi normativ hujjatlarga rioya etilishi yuzasidan tushuntirishlar va tavsiyalar berilib, amaliy yordam ko‘rsatildi. 

Shunga alohida to‘xtalish lozimki, o‘rganish jarayonida kombinat Kasaba uyushmasi qo‘mitasi tomonida mehnatni muhofaza qilish talablarining buzilmaganligi, xodimlarning mehnat huquqlari, kasbiy, mehnatga oid, ijtimoiy-iqtisodiy huquq va manfaatlari himoya qilinayotganligi, jamoa shartnomalari va kelishuvlarida nazarda tutilgan mehnatni muhofaza qilishga doir majburiyatlar bajarilayotganligi va asosiysi hech qanday kamchiliklar aniqlanmaganligi tahsinga loyiq bo‘ldi.

 

5.00

(1 ovoz)