Bekor qilish


Shrift(

1

x

)
Masshtab(100%)
A
A
A

Saytda ovoz jo`rligi(suhandon tekstni o`qib berishi) funksiyasi mavjud. Buning uchun kerakli tekstni belgilaysiz, paydo bo`lgan oynadan bosqichni tanlaysiz. Agar to`xtatmoqchi bo`lsangiz bosqichni tanlaysiz

instagram telegramm
+998702141462

Bosh sahifa / Axborot xizmati / Yangiliklar / Kundalik yangiliklar

MEHNAT MUHOFAZASI VA SANOAT XAVFSIZLIGI BO‘YICHA TAJRIBA ALMASHILDI.

25.11.2024 25.11.2024 25

 

   19-noyabr kuni "Olmaliq KMK" AJ Mis eritish zavodida mehnatni muhofaza qilish va sanoat xavfsizligi holati auditi o‘tkazildi. Unda "Olmaliq KMK" AJning rahbariyat va bosh mutaxassislari taklifi bilan hamda mehnatni muhofaza qilish va sanoat xavfsizligi bo‘yicha auditlar (tekshiruvlar) o‘tkazish samaradorligini oshirish yuzasidan, tajriba almashish maqsadida “O‘zmetkombinat” AJ dan Sanoat xavfsizligi va mehnat muhofazasi departamenti mehnatni muhofazasi  bo‘limi boshlig‘i Gulmira Toshmatova, Mehnatni muhofaza qilish bo‘limining yetakchi muhandisi Avaz Rustamov, Sanoat xavfsizligi boshqarmasining 2-toifali elektr xavfsizligi nazorati bo‘yicha muhandisi Svetlana Soshnikova, Standartlashtirish va sertifikatlashtirish bo‘limining 2-toifali muhandisi Gulnora Musulmonovalar tomonidan  audit o‘tkazildi. Soha xodimlarining ta’kidlashicha, mehnat muhofazasi va sanoat xavfsizligi sohasidagi siyosatida ishchi xodimlar hayoti va sog‘lig‘i ustuvorligini ta’minlash, ishlab chiqarishdagi jarohatlanishlar hamda kasb kasalliklarining oldini olish ustuvor vazifa sanaladi. Shuningdek, faoliyatda qo‘llaniladigan huquqiy va me’yoriy talablarning so‘zsiz bajarilishini ta’minlash mehnat muhofazasi va sanoat xavfsizligi talablari va atrof-muhitni muhofaza qilish sohasidagi munosabatlarni tartibga solish, jamiyat tomonidan amalga oshirilayotgan faoliyat bilan bog‘liq atrof-muhitga salbiy ta’sirlarning oldini olish yoki kamaytirish, inshootlar va xavfli ishlab chiqarish obyektlarida qo‘llaniladigan texnika qurilmalarining buzilishi, nazorat qilib bo‘lmaydigan portlash hamda xavfli moddalar ajralib chiqishini oldini olish va kamaytirishga xizmat qiladi.

 

0

(0 ovoz)