“YONG‘IN XAVFSIZLIGI OYLIGI” DOIRASIDA PROFILAKTIK TADBIRLAR DAVOM ETMOQDA
"Yong‘in xavfsizligi oyligi" doirasida Respublikamizda havo haroratining pasayishi natijasida elektr, gaz yoki boshqa turdagi yoqilg‘ilar vositasida ishlaydigan isitish moslamalaridan foydalanishga ehtiyoj ortish ehtimoli yuqori. Ulardan foydalanishda e’tiborsizlik tufayli yoki nosoz, nostandart isitish moslamalarini ishlatish oqibatida is gazidan zaharlanish, havo-gaz aralashmasining chaqnashi va yong‘inlar sodir bo‘lishi hamda bunday ko‘ngilsiz holatlar ro‘y bermasligi uchun uy-joy sektorlari, ijtimoiy-iqtisodiy soha obyektlaridagi gaz, elektr va boshqa turdagi isitish moslamalarini soz hamda shay holatga keltirish choralarini mavsum boshlanishidan avval amalga oshirish, "Yong‘in xavfsizligi oyligi" doirasida yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan noxush holatlarni oldini olish yuzasidan yo‘riqnoma o‘tkazildi.
Qolaversa, tadbir davomida bo‘linma ishchi-xodimlariga yong‘in chiqqan vaziyatda qanday choralar ko‘rish va harakatlanish zarurligi amaliy va aniq misollar yordamida batafsil tushuntirilib, ko‘rsatmalar berilib ularda bu borada ko‘nikmalar shakllantirildi.