+998 71 514-14-62
Sahifa bölimlari

"KONSTITUTSIYA - QADR QIMMATIM!"

"KONSTITUTSIYA - QADR QIMMATIM!"
1 / 9

Bugungi kunda O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi farovon hayotning mustahkam poydevori bo‘lib xizmat qilmoqda. Konstitutsiya har bir fuqaroning ongi va qalbidan chuqur joy olgan, ularning huquq va erkinliklarini to‘liq kafolatlaydigan haqiqiy hayot qomusiga aylandi.

   Bo‘lib o‘tgan tadbirda O‘zbekiston Respublikasi Davlat Madhiyasi yangraganidan so‘ng kombinat Kasaba uyushmasi qo‘mitasi raisi Elzara Veliullayeva kirish so‘zi bilan ochib O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi xalqimiz siyosiy-huquqiy tafakkurining yuksak namunasi ekanligi, u hech kimga qaram bo‘lmasdan, erkin va ozod, tinch va osoyishta, farovon yashashning qonuniy kafolati bo‘lib kelayotganligi, O‘zbekistonning xalqaro maydonda munosib o‘rin egallashida mustahkam poydevor bo‘lib xizmat qilayotganligi haqida fikrlarini bildirib, barchani bayram bilan qutladi.
   Ma’naviy-ma’rifiy ishlar samaradorligini oshirish, davlat tili to‘g‘risidagi qonun hujjatlariga rioya etilishini ta’minlash masalalari bo‘yicha maslahatchisi Nigora Ataxanova taqdimot ko‘rinishida konstitutsiyamiz moddalari haqida to‘xtalib o‘tdi.

   “O‘zmetkombinat” AJ Kuzatuv kengashi huzuridagi Komplayens xizmati menejeri Xayrullo Fayziyev va Korporativ xavfsizlik va resurslarni himoya qilish departamenti yetakchi mutaxassisi Denis Say sohalarida olib borilayotgan ishlar haqida ma’lumotlarni berib, hayotimiz qomusi bo‘lgan Konstitutsiyamiz mustaqillik yillarida erishgan barcha yutuq va marralarimizning mustahkam huquqiy poydevori bo‘lib kelayotganini ta’kidlab o‘tishdi.
   Shundan so‘ng ishtirokchilarga e’tiboriga Matbuot xizmati tomonidan tayyorlangan videorolik namoyish etildi. Tadbir yakunida yig‘ilganlarga O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi kitobi topshirildi. 

   Xulosa qilib aytganda, Konstitutsiyamizning yuqorida qayd qilingan sifat va xususiyatlari uning benazir nufuzi, salmog‘i va qadr-qimmatidan dalolat beradi, u mustaqillikning qonuniy poydevori va buyuk kelajagimizning huquqiy kafolatidir.

0.000 ta baho
Maqolani baholang
← Yangiliklarga qaytiş