Bekor qilish


Shrift(

1

x

)
Masshtab(100%)
A
A
A

Saytda ovoz jo`rligi(suhandon tekstni o`qib berishi) funksiyasi mavjud. Buning uchun kerakli tekstni belgilaysiz, paydo bo`lgan oynadan bosqichni tanlaysiz. Agar to`xtatmoqchi bo`lsangiz bosqichni tanlaysiz

instagram telegramm
+998702141462

Bosh sahifa / Axborot xizmati / Yangiliklar / Kundalik yangiliklar

KOMBINAT TIBBIY MUHANDISLIK BRIGADASI TOMONIDAN NAZORAT TEKSHIRUV ISHLARI O‘TKAZILDI

06.12.2024 06.12.2024 55

 

   Tibbiy muhandislik brigadasining asosiy maqsadlari kombinat tarkibiy bo‘linmalarida mehnat va dam olish sharoitlarini yaratish, umumiy va kasbiy kasalliklarning, tibbiy yordam sifatini oshirish, xodimlarning ishlab chiqarish jarohatlarini oldini olishdan iborat. 

   “O‘zmetkombinat” AJ da Tibbiy muhandislik brigadasi ishlarini tashkillashtirish to‘g‘risidagi Nizomga asosan komissiya tomonidan tarkibiy bo‘linmada tekshirish o‘tkazish mobaynida quyidagi savollar ko‘rib chiqildi va tahlil qilindi. Jumladan, 
- xodimlarga sog‘lom mehnat sharoitlari yaratilganligi va kasallanish darajasi xavfini kamaytirish chora-tadbirlarini ishlab chiqilganligi va tahlili;
- xodimlarni sog‘ligini muhofaza etish chora-tadbirlari ishlab chiqilganligi;
- xodimlarni salomatligini nazorat qilish ishlarini tashkillashtirilganligi va kasallanish darajasini xavfini kamaytirish chora-tadbirlarini ishlab chiqilganligini tahlili-tibbiy ko‘rik natijalari va tibbiy komissiya tomonidan berilgan tavsiyalarni bajarilganligi;
- sog‘lom va xavfsiz mehnat sharoitini  yaratishga doir ishlar shakllari va usullarni takomillashtirilishi va ta’minlashini;
- xodimlarni shaxsiy himoya vositalarini to‘g‘ri qo‘llashini tekshirish;
- kiyim almashtirish va yuvinish xonalari muntazam dezinfeksiya qilinishi va sanitariya talablariga javob berishi;
- oshxona va bufetlar holati-xodimlarni shaxsiy gigiyena talablari va shaxsiy himoya vositalarini to‘g‘ri qo‘llash talablariga amal qilishlari lozimligi yuzasidan savollar ko‘rib chiqilib atroflicha tahlil qilindi. 

   Tibbiy tekshiruv natijalari yakuni bo‘yicha yig‘ilishda ishchilarning kasallanishi va shikastlanish holati bo‘yicha shifokorlarning hisobotlari tinglandi. Qolaversa yig‘ilish davomida Ijroiya apparati ishchi-xodimlari tomonidan mehnat sharoitlarini yanada yaxshilash maqsadida qo‘shimcha takliflar bo‘ldi va ushbu takliflar bo‘yicha kelgusida komissiya tomonidan chora-tadbirlar ishlab chiqilishi belgilandi.

 

0

(0 ovoz)