MALAKA OSHIRISH KURSI MASHG'ULOTLARI BOSHLANDI
2024-yilning 2-dekabr sanasidan "O‘zmetkombinat" AJ Xodimlar malakasini baholash, o‘qitish va rivojlantirish boshqarmasida kombinat rahbariyati tashabbusi bilan "O‘zbek adabiy tili me’yorlari va davlat tilida ish yuritish" malaka oshirish kursi mashg‘ulotlari boshlandi. Kombinat tizimining turli bo‘g‘inlari rahbar-xodimlaridan 20 nafari ishtirok etayotgan ushbu kurs Davlat tilida ish yuritish asoslarini o‘qitish va malaka oshirish markazi tomonidan tashkil etildi. Markazning Toshkent viloyati hududiy bo‘limi rahbari A.To‘ychiyev tomonidan o‘tilayotgan mashg‘ulotlar dekabr oyi oxirigacha davom etadi.