Bekor qilish


Shrift(

1

x

)
Masshtab(100%)
A
A
A

Saytda ovoz jo`rligi(suhandon tekstni o`qib berishi) funksiyasi mavjud. Buning uchun kerakli tekstni belgilaysiz, paydo bo`lgan oynadan bosqichni tanlaysiz. Agar to`xtatmoqchi bo`lsangiz bosqichni tanlaysiz

instagram telegramm
+998702141462

Bosh sahifa / Axborot xizmati / Yangiliklar / Kundalik yangiliklar

9 DEKABR – XALQARO KORRUPSIYAGA QARSHI KURASH KUNI

09.12.2024 09.12.2024 48

Hurmatli hamkasblar! Aziz metallurglar!

   Birlashgan Millatlar Tashkiloti tashabbusi bilan 2004-yildan boshlab “9-dekabr – Butunjahon korrupsiyaga qarshi kurashish kuni” sifatida nishonlab kelinmoqda.
   Korrupsiya har qanday davlat va jamiyatning barcha sohalari rivojlanishiga jiddiy putur yetkazadi, rivojlanishni sekinlashtiradi, davlatni ich-ichidan yemirib boradi, xalqni xonavayron etadi, huquq va manfaatlar buzilishiga sabab bo‘ladi. U davlat va xalqning taraqqiyotiga, farovonligiga rahna soluvchi eng yomon illatdir.
   Korrupsiyani boshqaruv tizimlarining nomukammalligidan foyda ko‘radigan, shaxsiy manfaati uchun insoniy illatlardan mohirona foydalanadigan shaxslar keltirib chiqaradi. Korrupsiyaning asosiy zarari shundan iboratki, korrupsionerlar o‘zlari ortiqcha narsalarni qo‘lga kiritib, boshqalarni zarur narsalardan mahrum qilishadi. Ular hozirgi kunda kelajakda har birimiz uchun rivojlanish resursini yaratishi mumkin bo‘lgan narsalarni o‘g‘irlashmoqda.
   U bizning farzandlarimizni munosib kelajakka ishonmaslikka, halol martabani egallash imkoniyatidan, odil hukm va adolatga ishonishdan mahrum qiladi.
   Butun jahon miqyosida ushbu jinoyatga qarshi kurashish eng dolzarb masalalardan biriga aylangan.
   Bugungi kunda O‘zbekiston siyosiy va ijtimoiy-iqtisodiy yangilanish davrini boshdan kechirmoqda, ochiq, raqobatbardosh, jadal rivojlanayotgan iqtisodiyotga aylanishga intilmoqda. Ezgu maqsadlarga erishish uchun korrupsiyaga qarshi kurashish, uning kelib chiqishiga sharoit yaratib berayotgan omillarni bartaraf etish, oldini olish, uni tag-tomiri bilan yo‘q qilishga ham jiddiy kirishildi.
   Ushbu rejalarni amalga oshirishga ko‘maklashish maqsadida mamlakatimizda "Korrupsiyaga qarshi kurashish to‘g‘risida"gi qonun qabul qilindi, Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi tashkil etildi, korrupsiyaga qarshi kurashish faoliyatini samarali tashkil etish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar qabul qilindi va amalga oshirilmoqda.
   Joriy yilning 5-iyunida “Manfaatlar to‘qnashuvi to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi qonuni qabul qilindi. Ushbu huquqiy hujjat endilikda demokratik jamiyat kushandasi bo‘lgan korrupsiya illatlarining oldini olishga qaratilgani bilan ahamiyatli. Mazkur qonun manfaatlar to‘qnashuviga barham berish borasida muhim huquqiy asos bo‘ldi.  Qonun bilan manfaatlar to‘qnashuvi tushunchasi, davlat xizmatchilarining majburiyatlari hamda uni tartibga solish bo‘yicha aniq mexanizmlar belgilandi.
Kombinatimizda ham korrupsiya kabi manfaatlar to‘qnashuvining oldini olish o‘ta muhim. Bu muammo e’tirof etilib, nazoratga olinmasa, u mansabdor shaxslar, ular qabul qilayotgan qarorlar orqali taraqqiyotimizga rahna soladi.
   Ko‘p ming kishilik metallurglar jamoasi korrupsiya bor joyda rivojlanish bo‘lmasligini yaxshi tushunadi.
   Kombinatimizda korrupsiyaviy xavf-xatarlarni aniqlash, baholash va ularni kamaytirish, rahbar va xodimlarning korrupsiyaga qarshi kurashishga oid ichki tartib-taomillardan xabardorligi hamda ushbu sohada bilim va ko‘nikmalarini oshirish bo‘yicha chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda.
   Hurmatli hamkasblar!
   Kombinatda korrupsiyaning har qanday ko‘rinishiga nisbatan hamkorlikda murosasizlik muhitini yaratishimiz kerak. Korrupsiyaga qarshi kurashda hech kim chetda, befarq turmasligi kerak. Kombinatda boshqaruvning ochiqligi va shaffofligini ta’minlashga barchamiz javobgar ekanligimizni unutmaylik!
Mamlakatimizning, kombinatimizning kelajagini va obro‘-e’tiborini qadrlaydigan har bir ishchi-xodim, rahbar korrupsiya tahdididan ehitiyot bo‘lishi, unga qarshi kurashishi bugungi kun talabidir.

 

 

Dilshod Axmedov,
“O‘zmetkombinat” AJ Boshqaruv raisi – Bosh direktor.

 

0

(0 ovoz)