"TOSHKENT 2024" RESPUBLIKA TARMOQLARARO SANOAT YARMARKASI
Unda "O‘zmetkombinat" AJ ham o‘z mahsulotlari bilan ishtirok etmoqda. Ta’kidlash kerakki, tadbir sanoat sohasini rivojlantirish, mamlakatimizning yirik sanoat tashkilotlari o‘rtasidagi kooperativ aloqalarini mustahkamlashga qaratilgan.
Yarmarka respublikaning yirik sanoat tashkilotlari o‘rtasidagi kooperativ aloqalarini rivojlantirishga xizmat qiladi, shuningdek, ishtirokchilarga mahsulotlar haqida ma’lumot taqdim etish va istiqbolli qo‘shma loyihalarni rejalashtirish uchun o‘ziga xos savdo maydonchasi hisoblanadi.
Yarmarka O‘zbekistonlik ishlab chiqaruvchilarning yutuqlarini namoyish etish, innovatsion texnologiyalarni taqdim etish va o‘zaro manfaatli shartnomalar tuzish maydonchasiga aylanadi, bu esa milliy iqtisodiyotni mustahkamlashga xizmat qiladi.