+998 71 514-14-62
Sahifa bo‘limlari

RESPUBLIKA TARMOQLARARO SAN’OAT YARMARKASI

RESPUBLIKA TARMOQLARARO SAN’OAT YARMARKASI
1 / 3

  Xabaringiz bor joriy yilning 10-dekabridan 13-dekabriga qadar Toshkent shahrida "O‘zekspomarkaz" milliy ko‘rgazmalar markazida O‘zbekiston Respublikasi Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi, Toshkent shahar hokimligi hamda Raqamli transformatsiya markazi hamkorligida Respublika tarmoqlararo sanoat yarmarkasi o‘z ishini boshlagan. Ushbu nufuzli ko‘rgazmada "O‘zmetkombinat" AJ o‘zining prokat, issiqlikni o‘tkazmas materiallar, rangli metallar kabi mahsulotlari bilan ishtirok etmoqda. 
   Yarmarka davomida mutaxassislarimiz prokat va rangli metallarimizni tavsiya qilib sifati va afzalliklari haqida ma’lumotlar berishmoqda. Shu bilan bir qatorda mahalliy ishlab chiqaruvchilarni qo‘llab-quvvatlash va ularga tavsiya etish uchun importdan xarid qilinayotgan o‘tga chidamli, nazorat o‘lchov asboblari va avtomatika sohasida ishlatiladigan mahsulotlar bilan ishtirok etayotganligini ham ma’lum qilmoqda. 

   Bunday yarmarkalarning o‘tkazilishi - yirik tarmoq korxonalari hamda hududiy tadbirkorlik subyektlari o‘rtasida kooperatsiya aloqalarini rivojlanishi, shuningdek, ishtirokchilarga respublikada ishlab chiqarilayotgan mahsulotlar to‘g‘risida axborotlarni taqdim etish, yangi shartnomalar imzolash, hamkorlikda istiqbolli loyihalarni rejalashtirish uchun o‘ziga xos savdo maydoni bo‘lib xizmat qiladi.

2.001 ta baho
Maqolani baholang
← Yangiliklarga qaytish