SEMINAR TRENING TASHKIL ETILDI
Xodimlar malakasini baholash, o‘qitish va rivojlantirish boshqarmasida Komplaens xizmati tomonidan kombinat tarkibiy bo‘linmalariga yangi ishga qabul qilingan xodimlari uchun guruhlarga bo‘lingan holda 2024-yilning 13 - 14-dekabr kunlari malaka oshirish o‘quv kursi tashkil etildi.
Unda ishtirokchilar O‘zbekiston Respublikasining “Korrupsiyaga qarshi kurashish to‘g‘risida”gi qonuni, “O‘zmetkombinat” AJ Odob-axloq kodeksi va “O‘zmetkombinat” AJda manfaatlar to‘qnashuvini boshqarish to‘g‘risidagi Nizom talablariga muvofiq, xodimlarning axloqiy me’yorlariga sodiqligini kuchaytirish, shuningdek, manfaatlar to‘qnashuvini boshqarish bo‘yicha bilimlarini oshirdilar.