+998 71 514-14-62
Sahifa bölimlari

YAXSHI DAM MEHNATGA HAMDAM

YAXSHI DAM MEHNATGA HAMDAM
1 / 3

   Kombinat ishchi-xodimlarining ham ishdan bo‘sh vaqtlarini mazmunli o‘tkazishlari uchun kombinat Kasaba uyushmasi qo‘mitasi ko‘plab tadbirlarni amalga oshirish uchun rejalar tuzib allaqachon bayramni boshlab yuborishgan.
Jumladan, metallurglarning madaniy hordiq chiqarishlarini  tashkillashtirish maqsadida 2024-yil 15-dekabr kuni Toshkent shahridagi yirik sport-ko‘ngilochar majmua "Humo" arenada yangi yil bayrami munosabati bilan tashkil etilgan "Xalq korporativi" konsertiga tashrif buyurishdi.
   Konsert davomida o‘zbek estradasi yulduzlari tomonidan ijro etilgan, biz uchun tanish va qadrdon bo‘lib qolgan qo‘shiqlarni tinglab, unutilmas yorqin taassurotlarga ega bo‘lib, maroqli dam olishdi. 

   Albatta bayramni kutilganidan ham a’lo darajada o‘tkazgan ishchi-xodimlar mana shunday madaniy hordiqni tashkil etganlarga o‘zlarining minnatdorchiliklarini bildirishdi.

0.000 ta baho
Maqolani baholang
← Yangiliklarga qaytiş