+998 71 514-14-62
Sahifa bölimlari

OLIY TA’LIM VA ISHLAB CHIQARISH HAMKORLIGI

OLIY TA’LIM VA ISHLAB CHIQARISH HAMKORLIGI
1 / 6

   Mehmonlar sayohatni dastlab kombinat tarixi muzeyidan boshlashdi. Shu bilan birga kombinatning tarkibiy bo‘linmalarida bugungi kunda olib borilayotgan ishlar bo‘yicha ham ma’lumotlarga ega bo‘lishdi. Ularga kombinat haqidagi videolavha namoyish etilib, mehnat muhofazasi hamda texnika xavfsizligi bo‘yicha yo‘riqnomalar o‘tildi. Shundan so‘ng ular Elektrda po‘lat eritish bo‘linmasidagi ishlab chiqarish jarayonlarini borib ko‘rishdi. 
   Tanishtiruv davomida o‘qituvchilarga ishlab chiqarish jarayonlari haqida tarkibiy bo‘linma mutaxassislari hamda mehnat faxriylari batafsil ma’lumotlar berishdi. O‘z navbatida mehmonlar aylanish davomida metallurgiya sohasi bo‘yicha katta taassurotlarga ega bo‘lishdi. 
   Ular mana shunday amaliyotni tashkil qilgan kombinat rahbariyati hamda Respublika Konchilik va metallurgiya sanoati faxriylar kengashi Bekobod shahar hududiy filiali faxriylariga o‘zlarining minnatdorchiligini bildirishdi.

0.000 ta baho
Maqolani baholang
← Yangiliklarga qaytiş