DAVRA SUHBATI O‘TKAZILDI
2024-yil 17-dekabr kuni “O‘zmetkombinat” AJning Kuzatuv kengashi huzuridagi Komplayens xizmati tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Raqobatni rivojlantirish va iste’molchilar huquqlarini himoya qilish qo‘mitasi tomonidan tashkillashtirilgan Davlat organlari va xo‘jalik yurituvchi subektlar xodimlarini raqobat siyosati bo‘yicha o‘qitish va malakasini oshirish bo‘yicha maxsus o‘quv kursidan olgan bilim va ko‘nikmalarini Kombinat tegishli tarkibiy bo‘linmalar faoliyatlarida tadbiq etish yuzasidan davra suhbati o‘tkazildi. Davra suhbatida Raqobatni rivojlantirish va iste’molchilar huquqlarini himoya qilish qo‘mitasi tomonidan taqdim qilingan o‘quv materiallar va slaydlardan foydalanildi.
Ushbu davra suhbati davomida O‘zbekiston Respublikasi Raqobatni rivojlantirish va iste’molchilar huquqlarini himoya qilish qo‘mitasi tomonidan qo‘yilgan vazifalar, Monopoliyaga qarshi kurashi komplayens tizimi, O‘zbekiston Respublikasi “Raqobat to‘g‘risida” Qonuni va uning maqsadlari va Birja savdolarini o‘tkazish tartiblari muhokama qilindi.