Bekor qilish


Shrift(

1

x

)
Masshtab(100%)
A
A
A

Saytda ovoz jo`rligi(suhandon tekstni o`qib berishi) funksiyasi mavjud. Buning uchun kerakli tekstni belgilaysiz, paydo bo`lgan oynadan bosqichni tanlaysiz. Agar to`xtatmoqchi bo`lsangiz bosqichni tanlaysiz

instagram telegramm
+998702141462

Bosh sahifa / Axborot xizmati / Yangiliklar / Kundalik yangiliklar

KOMPLAENS XIZMATI TOMONIDAN DAVRA SUHBATI TASHKIL ETILDI

23.12.2024 23.12.2024 84

   

   2024-yil 20-dekabr kuni kombinat Ijroiya apparati majlislar zalida “O‘zmetkombinat” AJ xodimlarida korrupsiyaga nisbatan murosasiz munosabatni shakllantirish, ularning huquqiy ongini va madaniyatini yuksaltirish maqsadida “Pora olish va pora berish jinoyati va uni sodir etilishining masalalari”, kombinatda jinoyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga va terrorizmni moliyalashtirishga qarshi kurashish siyosatining talablari mavzusida Bekobod shahar Ichki ishlar boshqarmasi boshlig‘i F. Ismoilov ishtirokida davra suhbati tashkil etildi.  
   Tadbirda Bekobod shahar Ichki ishlar boshqarmasi boshlig‘i F. Ismoilov o‘z ma’ruzasida korrupsiyaga qarshi kurashishning muhim mexanizmi, korrupsiya oqibatlariga qarshi kurashish, korrupsiyaning namoyon bo‘lishiga olib keladigan omillarni bartaraf etish kerakligi, xususan, davlat organlari faoliyatining, shu jumladan moliyaviy faoliyatining ochiqligi va shaffofligini ta’minlash, davlat boshqaruvi organlari faoliyati ochiqligi, shuningdek, mansabdor shaxslarning aholi oldidagi hisobdorligini ta’minlash orqali davlat boshqaruvi organlari faoliyati ustidan samarali jamoatchilik nazoratini amalga oshirish uchun zarur shart-sharoitlar yaratilganligini ta’kidladi.  
   Tadbir davomida Korporativ xavfsizlik va resurslarni himoya qilish departamenti yetakchi mutaxassisi B. Abduraimov “Pora predmeti” mavzusida qisqacha va mazmunli ma’ruza qildi. Ovqatlanish kombinat rahbari M. Xoliqova o‘z ma’ruzasida inson amalga oshirishi lozim bo‘lgan eng birinchi boshqaruv – bu o‘z nafsini isloh qilishga qaratilgan boshqaruvi ekanligi, ya’ni, inson eng avvalo o‘zini isloh qilishi hamda ushbu ishga bor kuchi bilan harakat qilishi lozimligi, bu orqali o‘zini solih va fazilatli inson darajasiga ko‘tarishi, boshqalardagi go‘zal xislatlarni o‘zida mujassam etishi mumkinligini ta’kidlab o‘tdi. Komplaens xizmati menejeri G. Nurmatov davra suhbati ishtirokchilariga kombinatning jinoyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga va terrorizmni moliyalashtirishga qarshi kurashish siyosati talablari to‘g‘risida ma’lumot berdi.

 

0

(0 ovoz)