Bekor qilish


Shrift(

1

x

)
Masshtab(100%)
A
A
A

Saytda ovoz jo`rligi(suhandon tekstni o`qib berishi) funksiyasi mavjud. Buning uchun kerakli tekstni belgilaysiz, paydo bo`lgan oynadan bosqichni tanlaysiz. Agar to`xtatmoqchi bo`lsangiz bosqichni tanlaysiz

instagram telegramm
+998702141462

Bosh sahifa / Axborot xizmati / Yangiliklar / Kundalik yangiliklar

SERTIFIKAT BILAN TAQDIRLANDI

23.12.2024 23.12.2024 98

   

   2024-yil 15-noyabrdan 14-dekabrga qadar “O‘zmetkombinat” AJ Ijroiya apparati Hujjatlar tahlili va ijrosini ta’minlash, murojaatlar bilan ishlash boshqarmasi muhandisi I.Baynazarov Toshkent shahridagi "Ishga marhamat" Monomarkazida tashkil etilgan Vazirlik va idoralarning mas’ul xodimlariga Respublika kasbiy ko‘nikmalar markazida imo-ishora muloqoti va surdotarjimonlik ko‘nikmasini shakllantirish o‘quv kursida qatnashdi. Kurs davomida I.Baynazarov imo-ishora muloqoti va surdotarjimonlik ko‘nikmasini shakllantirish yo‘nalishida malakasini oshirdi. O‘quv kursi dasturini yaxshi o‘zlashtirgan kombinatimiz vakili test sinov imtihonlarini a’lo baholarga topshirib O‘zbekiston Respublikasi Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirligi Toshkent shahar "Ishga marhamat" Monomarkazining sertifikatini qo‘lga kiritdi.  
   Ushbu yutuq bilan Hujjatlar tahlili va ijrosini ta’minlash, murojaatlar bilan ishlash boshqarmasi  muhandisi I.Baynazarovni muborakbod etamiz va barcha egallagan bilim hamda ko‘nikmalarini kombinatimiz ravnaqi yo‘lida tadbiq etishini tilaymiz.

 

0

(0 ovoz)