Bekor qilish


Shrift(

1

x

)
Masshtab(100%)
A
A
A

Saytda ovoz jo`rligi(suhandon tekstni o`qib berishi) funksiyasi mavjud. Buning uchun kerakli tekstni belgilaysiz, paydo bo`lgan oynadan bosqichni tanlaysiz. Agar to`xtatmoqchi bo`lsangiz bosqichni tanlaysiz

instagram telegramm
+998702141462

Bosh sahifa / Axborot xizmati / Yangiliklar / Kundalik yangiliklar

SEMINAR TRENING O‘TKAZILDI

26.12.2024 26.12.2024 86

  

Bekobod shahar Adliya bo‘limi Yuridik xizmat ko‘rsatish markazi boshlig‘i, adliya maslahatchisi Tursunov Nizomiddin Umaraliyevich o‘z ma’ruzasida Adliya Vazirligi Korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha faoliyatini amalga oshiruvchi davlat organlaridan biri hisoblanib, Adliya Vazirligining korrupsiyaga qarshi kurashish sohasidagi vakolatlari doirasida:
Korrupsiyaga qarshi kurashish sohasidagi davlat dasturlarini va boshqa dasturlarni ishlab chiqish hamda amalga oshirishda ishtirok etishi;
Aholi o‘rtasida Jamiyatda huquqiy ongni, huquqiy madaniyatni yuksaltirishga va qonuniylikni mustahkamlashga qaratilgan huquqiy targ‘ibotga doir faoliyatni amalga oshirishi va muvofiqlashtirishi;
Normativ huquqiy hujjatlardagi hamda ularning loyihalaridagi korrupsiya uchun shart sharoitlar yaratadigan qoidalar va normalarni aniqlash maqsadida ushbu hujjatlar va loyihalarning tahlilini amalga oshiradi;
Korrupsiyaga imkon beruvchi sabablar va shart sharoitlarni bartaraf etish bo‘yicha choralar ko‘radi;
Korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha faoliyatini amalga oshiruvchi va unda ishtirok etuvchi boshqa organlar hamda tashkilotlar bilan hamkorlik qilishini aytib o‘tdi.

Inson amalga oshirishi lozim bo‘lgan eng birinchi boshqaruv – bu o‘z nafsini isloh qilishga qaratilgan boshqaruvi ekanligi, ya’ni, inson eng avvalo o‘zini isloh qilishi hamda ushbu ishga bor kuchi bilan harakat qilishi lozimligi, bu orqali o‘zini solih va fazilatli inson darajasiga ko‘tarishi, boshqalardagi go‘zal xislatlarni o‘zida mujassam etishi mumkinligini ta’kidladilar.
Komplayens xizmati menejeri G.Nurmatov Yaqin Sharqdagi vaziyat shiddat bilan keskinlashayotganidan chuqur xavotirdaligini bildirib, «Tanglik darajasining yanada ortishi keng mintaqada xavfsizlikka nisbatan bo‘lgan xatar va tahdidlarning misli ko‘rilmagan darajada kuchayishiga va butun xalqaro hamjamiyat uchun oldindan aytib bo‘lmaydigan oqibatlarga olib kelishi mumkinligini ta’kidladi.

Kombinatimiz o‘z mahsulotlaridan (tovarlar, ishlaridan va xizmatlaridan) jinoyatdan olingan daromadlarni legallashtirish (yuvish) va terrorizmni moliyalashtirish maqsadida foydalanishning oldini olish tamoyiliga sodiqligini, shuningdek, Jinoyatdan olingan daromadlarni legallashtirish – bu pul mablag‘lari yoki boshqa mol mulk jinoiy faoliyat natijasida topilgan bo‘lsa, ularni o‘tkazish, mulkka aylantirish yoxud almashtirish yo‘li bilan ularning kelib chiqishiga qonuniy tus berishdan, bunday pul mablag‘larining yoki boshqa mol mulkning asl xususiyatini, manbaini, turgan joyini tasarruf etish, ko‘chirish usulini, pul mablag‘lariga yoki boshqa mol mulkka bo‘lgan haqiqiy egalik huquqlarini yoki ularning kimga qarashliligini yashirishdan yoxud sir saqlashdan iborat bo‘lgan, jinoiy jazolanadigan qilmish ekanligini ta’kidladi.

Davra suhbati ishtirokchilariga korrupsiyaviy va manfaatlar to‘qnashuvi holatlarining sabablari, Manfaatlar to‘qnashuvining ko‘rinishlari va shakllari, “Manfaatlar  to‘qnashuvi to‘g‘risida” gi Qonun talablari, “Kombinatda korrupsiya va manfaatlar to‘qnashuvi to‘g‘risida xabar berganlik uchun rag‘batlantirish Tartibi” haqida tushuntirishlar berildi.
Komplayens - xizmati menejeri G.Nurmatov Manfaatlar to‘qnashuvi holatlari oid xabarlarni berish mumkin bo‘lgan aloqa kanallari to‘g‘risida ma’lumot berdi.

 

0

(0 ovoz)