SANOAT XAVFSIZLIGI BO'YICHA SEMINAR BO'LIB OTDI
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar mahkamasi huzuridagi Sanoat, radiatsiya va yadro xavfsizligi qo‘mitasi raisining topshirig'iga asosan, Sanoat, radiatsiya va yadro xavfsizligi qo‘mitasining Toshkent viloyati hududiy bo‘limi xodimlari tomonidan Bekobod shahar Metallurglar madaniyat saroyida sanoat xavfsizligi bo‘yicha seminar o‘tkazildi. Tadbirda “O‘zmetkombinat” AJ Sanoat xavfsizligi va mehnat muhofazasi departamenti xodimlari, tarkibiy bo‘linma rahbarlari, bo‘linma energetiklari, elektriklari, yuk ko‘tarish mexanizmlari bo‘yicha javobgar shaxslar, elektrik ustalari va mexaniklar ishtirok etishdi.
Seminarda “O‘zmetkombinat” AJ Sanoat xavfsizligi boshqarmasi boshlig‘i Tashmatova Gulmira Xabibullaevna so‘zga chiqib seminar qatnashchilari va mavzusi bilan tanishtirib o‘tdi. So‘ng , seminarning asosiy qatnashchilari Sanoat, radiatsiya va yadro xavfsizligi qo‘mitasi Bosh boshqarma boshlig‘i Djo‘raev Olimdjon Azizovich hamda Sanoat, radiatsiya va yadro xavfsizligi qo‘mitasining Toshkent viloyati xududiy bo‘limi boshlig‘i Yusupov Rustam Atxamovich so‘zga chiqdilar va 2024-yil 4-chorak davomida tadbirkorlik subyektlarida o‘tkaziladigan profilaktika tadbirlari reja-grafigiga asosan xavfli ishlab chiqarish obyektlarida avariya va baxtsiz hodisalarni oldini olish maqsadida qonunchilikka rioya qilish, sertifikatlash, ruxsatnoma olish, davlat ro‘yxatiga qo‘yish hamda texnik xizmat ko‘rsatish mavzularida so‘z yuritishdi.