KIRIB KELAYOTGAN YANGI YIL MUBORAK!
Yangi yil bayrami barchaga birdek zavq ulashuvchi ayyomdir. Shu kunlarda kombinatimizda ham ana shu bayram shukuhi hukmron bo‘lib, barcha tarkibiy bo‘linmalar bayramona bezatilgan.
Yaqinlashib kelayotgan Yangi 2025-yil bayrami bilan tabriklash maqsadida kombinat tarkibiy bo‘linmalariga Qorbobo va Qorqiz tashrif buyurib, barchaga bayramona kayfiyat ulashdi!