KIRIB KELAYOTGAN YANGI YIL MUBORAK!
Yangi yil – yangi imkoniyatlar, yangi g‘alabalar bayramidir. Shu kunlarda butun dunyoda bo‘lgani kabi mamlakatimizda, shu jumladan "O‘zmetkombinat" AJda ham yangi yil shukuhi kezib yuribdi. Albatta yangi yilning har lahzasi unutilmas zavq ulashadi.
Kombinatimizning tarkibiy bo‘linmalarida mehnat qilayotgan ishchi-xodimlarni yangi yil bilan ertak qahramonlari qutlashdi.
Tashrif davomida Qorbobo va Qorqiz ishchi-xodimlarini bayram bilan tabriklab, ularga eng yaxshi tilaklar bildirib, sovg‘alaridan taqdim etib, ishchi-xodimlarga ko‘tarinki kayfiyat zavq-shavq ulashmoqda.