KIRIB KELAYOTGAN YANGI YIL MUBORAK!
Yangi yil kirib kelishiga sanoqli kunlar qoldi. Yangi yil ko‘pchilik kattalar va bolalarning eng sevimli bayramlaridan biridir.
"O‘zmetkombinat" AJning tarkibiy bo‘linmalarida metallurglarni yangi yil bayrami bilan qutlab, ularga bayram kayfiyatini ulashish maqsadida kombinat Kasaba uyushmasi qo‘mitasi tomonidan Qorbobo va Qorqizning tashriflari tashkillashtirildi. Ular barchaga yangi yil shukuhini berishib ishchi-xodimlarni bolalik davrlariga qaytarib kayfiyatlarini ko‘tarishdi