KIRIB KELAYOTGAN YANGI YIL MUBORAK!
Yangi yil - yangi orzular, yangi rejalar, yangi maqsadlar va yangi natijalar demakdir!
Yurtimizga kirib kelayotgan «Yangi yil» bayrami munosabati bilan kombinat ishchi-xodimlariga bayramona kayfiyat ulashish maqsadida Qorbobo va Qorqiz aylanishi davom ettirmoqda.
Shukuhli lahzalarda ular metallurglarning kelgusi ishlarida hamisha omad kulib boqishini, oilalarida har doim tinchlik-xotirjamlik, o‘zaro mehr-oqibat tuyg‘ulari hukmron bo‘lishini tilagan holda yangi yil bilan qutlashdi.