Bekor qilish


Shrift(

1

x

)
Masshtab(100%)
A
A
A

Saytda ovoz jo`rligi(suhandon tekstni o`qib berishi) funksiyasi mavjud. Buning uchun kerakli tekstni belgilaysiz, paydo bo`lgan oynadan bosqichni tanlaysiz. Agar to`xtatmoqchi bo`lsangiz bosqichni tanlaysiz

instagram telegramm
+998702141462

Bosh sahifa / Axborot xizmati / Yangiliklar / Kundalik yangiliklar

METALLURG FARZANDLARI UCHUN YANGI YIL TUHFASI

04.01.2025 04.01.2025 68

        

   Kombinat Kasaba uyushmasi qo‘mitasi tashabbusi bilan Metallurglar madaniyat saroyida O‘zbekiston Yoshlar teatri ijodiy jamoasi tomonidan kombinat ishchi-xodimlarining farzandlari uchun Walt Disney kinostudiyasining "Simba: Sherlar to‘dasi jangi" spektakli namoyish etilmoqda.
   Teatr jamoasining so‘zlariga qaraganda ushbu spektakl yangicha yo‘nalishda, ertaknamo tarzda yaratilgan. Qolaversa,  spektaklning musiqali tayyorlanganligi bolajonlarimiz uchun haqiqiy bayram tuhfasi bo‘ldi. Ularning ko‘zlaridagi quvonchni ko‘rib, aktyorlar yanada katta shijoat bilan sahnaga chiqadilar.

   Albatta ko‘plab teatrlar nafaqat kichkintoylar, balki ularning ota-onalari uchun ham yangi, qiziqarli tomoshalar yaratishga harakat qilishadi. "Simba: Sherlar to‘dasi jangi" spektakli haqida qisqacha to‘xtaladigan bo‘lsak, ushbu spektakl mehr-oqibat, oila hamjihatligi haqida so‘zlanadi.
   Bolajonlar tomoshadan bir olam taassurotlar olib, ertaklar olamiga sayohat qilishdi.

 

0

(0 ovoz)