Bekor qilish


Shrift(

1

x

)
Masshtab(100%)
A
A
A

Saytda ovoz jo`rligi(suhandon tekstni o`qib berishi) funksiyasi mavjud. Buning uchun kerakli tekstni belgilaysiz, paydo bo`lgan oynadan bosqichni tanlaysiz. Agar to`xtatmoqchi bo`lsangiz bosqichni tanlaysiz

Bosh sahifa / Axborot xizmati / Yangiliklar / Kundalik yangiliklar

VATAN HIMOYACHILARI KUNI MUNOSABATI BILAN BAYRAM TADBIRI O‘TKAZILDI

14.01.2025 14.01.2025 1660

     

   Tinchlik va osoyishtalik — mamlakatda  barqaror taraqqiyotning kafolatidir. Shu bois xalqimiz azaldan tinchlik va osoyishtalikni Vatan, Ona, Ozodlik kabi muqaddas tushunchalar qatorida ulug‘lab, mamlakat sarhadlari daxlsizligini  va xavfsizligini munosib  himoyalab kelayotgan harbiy xizmatchilarni doimo hurmat qilib kelganmiz. 14-yanvar Vatan himoyachilari kuni. Ushbu bayram har yili mamlakatimizda katta xursandchilik bilan kutib olinadi. Korxonamiz xavfsizligini kunu tun qo‘riqlayotgan harbiy xizmatchilar, 99342 harbiy qismi shaxsiy tarkibi ham Mamlakatimiz Qurolli kuchlarining 33 yilligi hamda 14-yanvar – Vatan himoyachilari kunini munosib kutib olishdi.
   Kombinatimizning Xalq iste’moli mollari ishlab chiqarish bo‘linmasi oshxonasida askaru zobitlar uchun bayram dasturxoni yozilib samimiy tilaklar bildirildi. O‘tkazilgan bayram tadbiri davomida milliy taomlarimizdan biri bo‘lgan palov dasturxonga tortildi. Qolaversa san’atkorlar tomonidan ijro etilgan go‘zal qo‘shiqlar barchaga yuqori kayfiyat baxsh etdi.

   O‘z hayotini Vatan himoyasidek ulug‘ va xayrli ishga bag‘ishlagan Sizday jasur va mard harbiylarni sharaflab, yurtimiz xavfsizligi va tinchligi yo‘lidagi ishlaringizda muvofaqqiyatlar tilab qolamiz!
 

Bayramingiz muborak bo‘lsin!

 

0

(0 ovoz)