+998 71 514-14-62
Sahifa bölimlari

METALLURGLAR UCHUN SAYOHAT TASHKIL ETILDI

METALLURGLAR UCHUN SAYOHAT TASHKIL ETILDI
1 / 9

   Muzey haqida qisqacha ma’lumotlar. Muzey 1965-yilda tashkil topgan. Muzey ekspozitsiyasi Qurolli Kuchlar tarixi, Markaziy Osiyo xalqlari harbiy san’ati, shu bilan birga O‘zbekiston Respublikasi Qurolli kuchlari rivojlanishining hozirgi davrini aks ettiradi. Shuningdek muzeyda buyuk sarkarda Amir Temurga bag‘ishlangan alohida "Temuriylar davri harbiy san’ati" ekspozitsiyasi ham mavjud. Bu yerda harbiy yurishlar xaritalari, askarlar saflanishining sxemalari, qurol-aslahalar, nishonlar va Temuriylar davrining boshqa eksponatlari o‘rin olgan.
   O‘zbekiston xalqining ikkinchi Jahon urushida ishtirokiga bag‘ishlangan ekspozitsiya ham mavjud. 
"Mustaqil O‘zbekistonni qo‘riqlash" ekspozitsiyasida qo‘shin turlari, harbiylar hayoti, ularning jangovar va harbiy-siyosiy tayyorgarligi haqida ma’lumotlar olish mumkin. Metallurglarimiz muzeyni tomosha qilib ko‘plab ma’lumotlarga ega bo‘lishdi.

   Shundan so‘ng kombinat ishchi-xodimlari O‘zbek milliy akademik drama teatrida namoyish etilayotgan "Sadoqat bilan" (Ofitserlar) spektakli tomoshasiga tashrif buyurishdi. Metallurglarimiz Vatan himoyachilariga bag‘ishlab tayyorlangan spektaklda teatrning yetuk aktyor va aktrisalari ijrolaridan bahramand bo‘lishib, ko‘tarinki kayfiyat va unutilmas yorqin taassurotlarga ega bo‘lishdi. Hamda shunday sayohat va madaniy hordiqni tashkillashtirganlarga o‘zlarining minnatdorchiliklarini bildirishdi.

0.000 ta baho
Maqolani baholang
← Yangiliklarga qaytiş