+998 71 514-14-62
Sahifa bölimlari

TOPSHIRIQLAR MUNOSIB BAJARILMOQDA

   Aholini sirlangan idishlarga bo‘lgan talabni qondirish maqsadida kombinatimizning  XIMICH bo‘linmasining sirlangan idishlar tayyorlash uchastkasida mehnat qilayotgan soha xodimlari bor tajribalarini ishga solgan xolda turli xildagi va ko‘rinishdagi sirlangan idishlarni uy bekalariga taqdim etib kelmoqda. Aytish lozim tayyorlanayotgan har bir sirlangan idishlar sifati va bejirimligi bilan xaridorlarning e’tiborini tortmoqda. 

   2024-yilning dekabr oyida jamoa amaldagi narxlarda tovar mahsulotlari bo‘yicha belgilangan rejani 101,2 foizga bajarishdi.

   Buyurtmachilar ehtiyojini qondirish bugun sirlangan idishlar ishlab chiqarish bo‘limi xodimlarining asosiy maqsadlaridan biridir. Maqsadlari yo‘lida harakat qilayotgan jamoa har oydagi topshiriqlarni uddalab mehnat muvaffaqiyatlariga erishib kelishmoqda.

0.000 ta baho
Maqolani baholang
← Yangiliklarga qaytiş