+998 71 514-14-62
Sahifa bo‘limlari

KASBIM FAXRIM

KASBIM FAXRIM

   Ba’zilarning fikricha, kasb - bu insonlar hayotini ta’minlash uchun shug‘ullanadigan faoliyat. Faxr esa odamlarning turlicha tushunchalari bo‘yicha, bu farzandlar, ota-onalar, Vatan bilan faxrlanishidir. Biroq bir narsa aniq: bu iboralardagi ma’no o‘z qadr-qimmatini anglash, o‘zini hurmat qilish tuyg‘usini ifodalaydi.
   Shuhrat Tursunov uchun ham kasbiga bo‘lgan faxr va unga bo‘lgan mehri yillar davomida tajribali mutaxassis bo‘lishiga sabab bo‘ldi. U 1988-yildan beri Navli prokatlash bo‘linmasining yuklash bo‘limida boshqaruv pultida tayyor mahsulotlarni kesuvchi operator vazifasida mehnat qilib kelmoqda. Sh. Tursunov dastlabki ish boshlagan vaqtida unga Ma’murjon G‘ofurov ustozlik qilgan. 37-yillik mehnat faoliyati davomida malakali ishchiga aylanib ko‘plab shogirdlarni chiqarishga ham ulgurdi.
-  Shu kasbda ishlaganim uchun o‘zimni baxtli his etaman. Chunki sevimli kasbim bilan faxrlanishdan g‘ururlanaman, - deydi hamkasblari bilan suhbatda.

4.506 ta baho
Maqolani baholang
← Yangiliklarga qaytish