BUYURTMALAR O‘Z VAQTIDA TAYYORLAB BERILMOQDA
Bugungi kunda Mexanika bo‘linmasida 87 nafar ishchi-xodimlar mehnat qilmoqda. Bo‘linma buyurtma asosida Navli prokatlash bo‘linmasi, Zoldir prokatlash bo‘linmasi, Issiqlikni o‘tkazmas materiallar ishlab chiqarish, Temir-tersaklarni qayta ishlash kabi bo‘linmalarni muntazam ravishda ehtiyoti qismlar bilan ta’minlab kelmoqda.
Albatta har bir ishni o‘z vaqtida bajarilishida malakali ishchilarning tajribasi qo‘l keladi. Bu yerda ishiga usta bo‘lgan ishchilar ko‘plab topiladi. Ular orasida parmalovchi To‘ychiboy To‘ychiyev, frezerlovchi Shuhrat Qulmatov, tokar Ravshan G‘aforovlarni misol qilib olishimiz mumkin.