MAHSULOTLAR TALAB ASOSIDA YETKAZIB BERILMOQDA
Bo‘linma boshlig‘ining so‘zlariga qaraganda har qanday yutuqning omili bu albatta tinimsiz izlanish va mehnatning sharofati orqasidan yuzaga keladi.
Chindan taraqqiyotning bosh omili oldiga ma’lum bir maqsad qo‘yib shu yo‘lda harakat qilishdir. Ushbu jamoa ham ish faoliyatlari davomida oldlilariga qo‘yilgan topshiriqlarni munosib bajarishdir.
Tikuv uchastkasidagi mahsulotlarga keladigan bo‘lsak, bu yerda 80x80x100 santimetrdagi qoplar tikilmoqda. Qoplarning yuk ko‘taruvchanligi 1000 kg dan iboratdir. Ushbu qoplar kombinatning Rangli metallar ishlab chiqarish va Ferroqotishmalar bo‘linmasi ehtiyoji va talabidan kelib chiqqan holda tikilmoqda.