SAVOL - JAVOB
O‘rindoshlik asosida ishlash uchun asosiy ish joyidan rozilik kerakmi?
T. Bunyodova.
O‘rindoshlik asosida ishlashni o‘zingiz hal qilasiz. “O‘rindoshlik asosida hamda bir necha kasbda va lavozimda ishlash tartibi to‘g‘risida”gi nizomning 6-bandiga asosan o‘rindoshlik asosida ishlash uchun ish beruvchining, asosiy ish joyidan kasaba uyushmasi qo‘mitasining (xodimlarning boshqa vakillik organining) yoki boshqa organning roziligi talab qilinmaydi. Mazkur asosga ko‘ra hech kimning roziligi shart emas.