"O‘ZMETKOMBINAT" AJ DA MAHALLIYLASHTIRISH, SANOATDA KOOPERATSIYA ALOQALARINI KENGAYTIRISH
Mutaxassislarning fikricha, kooperatsiyalar iqtisodiyotda mehnat unumdorligini oshirish, chakana narxlarni pasaytirish, ishlab chiqarishga yangi texnologiyalarni jalb etish, innovatsion uslublarni qo‘llash, tovarlarni xalqaro bozorga olib chiqish imkonini yaratish, kichik va o‘rta biznes vakillarining birlashib, yirik tadbirkorlik subyektlari bilan o‘zaro raqobat muhitiga kirishishi orqali monopoliyaning oldini olishda hal qiluvchi o‘rin tutadi. Shu bois mamlakatimizda butlovchi buyumlar, ehtiyot qismlar, xomashyo va materiallarni ishlab chiqarishni o‘zlashtirish hamda sanoatda kooperatsiya aloqalarini kengaytirish va mahalliylashtirish yordamida import hajmini qisqartirishga taraqqiyotning garovi sifatida e’tibor qaratilmoqda.
"O‘zmetkombinat" AJda ham mahalliylashtirish, sanoatda kooperatsiya aloqalarini kengaytirish bo‘yicha amalga oshirilgan ishlar kutilgan natijalarini bermoqda. Jumladan, kombinatda 2024-yil yil davomida mahalliylashtirish dasturiga muvofiq 38 ta loyiha doirasida turli mahsulotlar ishlab chiqarilib reja 100,7 foizga bajarildi.
Shu jumladan:
- Tayyor mahsulot bo‘yicha jami 17 ta loyiha,
- Asbob-uskuna bo‘yicha 1 ta loyiha,
- Ehtiyot va butlovchi qismlar bo‘yicha jami 19 ta loyiha,
- Kon-metallurgiya uchun kimyoviy va boshqa mahsulotlar bo‘yicha 1 ta loyiha amalga oshirildi.