+998 71 514-14-62
Sahifa bölimlari

14-YANVAR — VATAN HIMOYACHILARI KUNI MUNOSABATI BILAN BAYRAM TADBIRI

14-YANVAR — VATAN HIMOYACHILARI KUNI MUNOSABATI BILAN BAYRAM TADBIRI
1 / 6

   14-yanvar Vatan himoyachilari kuni. Ushbu bayram har yili mamlakatimizda katta xursandchilik bilan kutib olinadi. Korxonamiz xavfsizligini kunu tun qo‘riqlayotgan harbiy xizmatchilar, 99342 harbiy qismi shaxsiy tarkibi ham Mamlakatimiz Qurolli kuchlarining 33 yilligi hamda 14-yanvar – Vatan himoyachilari kunini munosib kutib olishdi.
   Kombinatimizning Xalq iste’moli mollari ishlab chiqarish bo‘linmasi oshxonasida askaru zobitlar uchun bayram dasturxoni yozilib samimiy tilaklar bildirildi. O‘tkazilgan bayram tadbiri davomida milliy taomlarimizdan biri bo‘lgan palov dasturxonga tortildi. Qolaversa san’atkorlar tomonidan ijro etilgan go‘zal qo‘shiqlar barchaga yuqori kayfiyat baxsh etdi.

   O‘z hayotini Vatan himoyasidek ulug‘ va xayrli ishga bag‘ishlagan Sizday jasur va mard harbiylarni sharaflab, yurtimiz xavfsizligi va tinchligi yo‘lidagi ishlaringizda muvofaqqiyatlar tilab qolamiz!
 

Bayramingiz muborak bo‘lsin!

0.000 ta baho
Maqolani baholang
← Yangiliklarga qaytiş