Bekor qilish


Shrift(

1

x

)
Masshtab(100%)
A
A
A

Saytda ovoz jo`rligi(suhandon tekstni o`qib berishi) funksiyasi mavjud. Buning uchun kerakli tekstni belgilaysiz, paydo bo`lgan oynadan bosqichni tanlaysiz. Agar to`xtatmoqchi bo`lsangiz bosqichni tanlaysiz

instagram telegramm
+998702141462

Bosh sahifa / Biz haqimizda / Korrupsiyaga qarshi kurash / Boshqaruv Raisi-bosh direktor murojaati

BOSHQARUV RAISI-BOSH DIREKTOR MUROJAATI

10.01.2024 10.01.2024 397

Hurmatli hamkasblar! Aziz metallurglar!

Yaqinda biz quvonch va yangi umidlar bilan kasb bayramimiz – Metallurglar kunini nishonladik. Bugun biz ba’zi muhim muammolar haqida gaplashamiz, ularni hal qilmasdan, umuman mamlakatimizning farovonligini, sanoatimizning barqaror rivojlanishini, biz va avlodlarimiz uchun kelajakning yangi imkoniyatlariga ochiqligini tasavvur qilib bo‘lmaydi.

Shuni ta’kidlash lozimki, “O‘zmetkombinat”ning vazifasi an’analarni asragan holda, mamlakat va jamiyat manfaati uchun yangi imkoniyatlar yaratishdir. Kombinat o‘z oldiga qo‘yilgan vazifalarini bajarish yo‘lida faol ishlamoqda va barcha fuqarolar va birinchi navbatda, o‘z xodimlari manfaati uchun olg‘a intilmoqda. Ammo bunga xalaqit beradigan muammo mavjud. Bu korrupsiya muammosidir.

Korrupsiyaning yovuzligi boshqaruv tizimlarining nomukammalligidan foyda ko‘radigan, hirslik va shaxsiy manfaati kabi insoniy illatlardan mohirona foydalanadigan shaxslardan kelib chiqadi. Korrupsiyaning asosiy zarari shundan iboratki, korrupsionerlar ortiqcha narsalarni qo‘lga kiritib, qolganlarni zarur narsalardan mahrum qiladilar. Ular hozirgi kunda kelajakda har birimiz uchun rivojlanish resursini yaratishi mumkin bo‘lgan narsalarni o‘g‘irlashmoqda. Korrupsiya salbiy tanlovga muhit yaratadi hamda jamiyatni yanada samarasiz bo‘lishiga olib keladi. U bizning farzandlarimizni munosib kelajakka ishonmaslikka, halol martabani egallash imkoniyatiga, odil hukm va adolatga ishonishdan mahrum qiladi.

Bugun barchangizga maxsus iltimos bilan murojaat qilmoqchiman. O‘zlaringga ma’lumki, O‘zbekiston siyosiy va ijtimoiy-iqtisodiy yangilanish davrini boshdan kechirmoqda, ochiq, raqobatbardosh, jadal rivojlanayotgan iqtisodiyotga aylanishga intilmoqda. Ushbu rejalarni amalga oshirishga ko‘maklashish maqsadida mamlakatimizda “Korrupsiyaga qarshi kurashish to‘g‘risida”gi qonun qabul qilindi, Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi tashkil etildi, korrupsiyaga qarshi kurashish faoliyatini samarali tashkil etish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar qabul qilindi va amalga oshirilmoqda. Prezident Shavkat Mirziyoyev korrupsiya davlat tizimini buzayotgani, jamiyat barqarorligiga tahdid solayotgani, korrupsiyaga qarshi jamiyat bilan birgalikda kurashish zarurligini taʼkidlamoqda. Kombinat davlat siyosatining yo‘l ko‘rsatuvchisi vazifasini ijro etgan va ijro etib kelmoqda. Kombinat korrupsiya butun mamlakat va ayrim iqtisodiy sub’yektlarning rivojlanish istiqbollariga zarar yetkazishini anglab yetadi. Shuning uchun men sizdan korrupsiyaning har qanday ko‘rinishlariga befarq qolmasligingizni va unga qarshi kurashishda shaxsiy hissangizni qo‘shishga harakat qilishingizni so‘rayman.

Kombinat Kuzatuv kengashi Korrupsiyaga qarshi kurashish Siyosatini qabul qildi. Biz korrupsiyaga nolinchi bardoshlilik tamoyiliga amal qilamiz - ya’ni o‘z faoliyatimiz davomida korrupsiyani har qanday shakl va ko‘rinishini qabul qilmaymiz. Korxonamizning mansabdor shaxslari va xodimlarining bevosita yoki bilvosita, shaxsan yoki vositachilik yo‘li bilan korrupsion harakatlar bilan shug‘ullanishi qat’iy taqiqlangan.

Biz xodimlarni tanlash va ishga qabul qilish uchun ochiq va shaffof tanlov tizimini yaratdik.Kombinat faoliyati qonunchilikka, shu jumladan korrupsiyaga qarshi qonunchilikka mos kelmasa, salbiy oqibatlarning oldini olish maqsadida Komplayens xizmatini tashkil etdik.Sodir bo‘lgan qoidabuzarliklar to‘g‘risida xabar berishga tayyor bo‘lgan shaxslardan tashabbus xabarlarini qabul qilish uchun “ishonch telefoni” (shuningdek, Telegram-bot) ni ishga tushirdik.

Hurmatli hamkasblar! Ishchilar va xizmatchilar, rahbarlar va mutaxassislar!

Kombinatda korrupsiyaning har qanday shakliga nisbatan murosasizlik muhitini yaratishda mas’uliyat bilan ishtirok etishingizni so‘rayman.Sizlarni befarq bo‘lmaslikka, poraxo‘rlik va korrupsiyaga qarshi kurashda faol hayotiy o‘rinni egallashga chaqiraman.Siz boshqaruvning oydinligi va shaffofligini ta’minlash uchun shaxsan javobgar ekanligingizni tushunishingiz, mablag‘lardan samarali va oqilona foydalanish tizimini shakllantirishda ishtirok etishingiz kerak. Bu shuni anglatadiki, siz korrupsiya ko‘rinishlarini aniqlash va oldini olish uchun shaxsan javobgarsiz.

“Ishonch telefoni” orqali siz pora berish yoki olish, shuningdek noqonuniy rag‘batlantirish, firibgarlik, til biriktirish, ish vakolatlarini suiiste’mol qilish va boshqa ko‘plab qonunbuzarliklar to‘g‘risida xabar berishingiz mumkin.Kombinat har bir murojaatni huquqiy qo‘llab-quvvatlash va ob’yektiv ko‘rib chiqishni kafolatlaydi. Keling, birgalikda oʻzimizni va mamlakatimizni yaxshilaymiz!

"O'zmetkombinat" aksiyadorlik jamiyati

Boshqaruv raisi-bosh direktor Pirmatov Rashid Xusanovich

 

5.00

(1 ovoz)



Sayt test rejimida ishlamoqda