SHAHAR BOSQICHI MUSOBAQASI BO‘LIB O‘TDI
10-aprel kuni Bekobod shahrida O‘zbekiston kasaba uyushmalari harakatining 120 yillik bayramiga bag‘ishlangan sportning shaxmat turi bo‘yicha “O‘zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasi kubogi” musobaqasining shahar bosqichi bo‘lib o‘tdi.
Unda korxona va tashkilotlardagi xodimlar hamda professional shaxmatchilar ishtirok etishdi. Quvonarlisi, ushbu musobaqada “O‘zmetkombinat” AJning ikki nafar ishtirokchisi havaskor sifatida ishtirok etib, viloyat miqyosidagi yo‘llanmani qo‘lga kiritdi. Biz ularga navbatdagi musobaqada omadlar tilab qolamiz.