Bekor qilish


Shrift(

1

x

)
Masshtab(100%)
A
A
A

Saytda ovoz jo`rligi(suhandon tekstni o`qib berishi) funksiyasi mavjud. Buning uchun kerakli tekstni belgilaysiz, paydo bo`lgan oynadan bosqichni tanlaysiz. Agar to`xtatmoqchi bo`lsangiz bosqichni tanlaysiz

instagram telegramm
+998702141462

Bosh sahifa / Axborot xizmati / Axborot xizmati xaqida

AXBOROT XIZMATI HAQIDA

30.01.2024 02.02.2024 420

“O‘zmetkombinat” AJ Axborot xizmati haqida

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 27-iyundagi “Ommaviy axborot vositalari mustaqilligini ta’minlash hamda davlat organlari va tashkilotlari Axborot xizmatlari faoliyatini rivojlantirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qarori asosida “O‘zmetkombinat” aksiyadorlik jamiyatida to‘g‘ridan to‘g‘ri kombinat boshqaruv raisi – bosh direktorga bo‘ysinuvchi Axborot xizmati tashkil etilgan.

Axborot xizmati quyidagi vazifalarni amalga oshiradi:

  • “O‘zmetkombinat” AJ faoliyati haqida ommaviy axborot vositalari, ijtimoiy tarmoqlar, kombinat rasmiy veb-sayti, shuningdek, boshqa axborot resurslari orqali, shu jumladan, matbuot anjumanlari, brifinglar, mediaturlar tashkil etish yo‘li bilan aholiga muntazam, to‘liq va tezkor ravishda axborot taqdim etib borish;
  • “O‘zmetkombinat” AJda mamalakatimizning ijtimoiy-siyosiy va sotsial-iqtisodiy taraqqiyoti jarayoni haqida axborot berish va yoritish bo‘yicha chora-tadbirlar ishlab chiqish va amalga oshirish;
  • “O‘zmetkombinat” AJning ijobiy imijini shakllantirish va ilgari surish, ijtimoiy so‘rovlar o‘tkazish va boshqa shakllarda jamoatchilik fikrini o‘rganish;
  • axborot siyosati sohasida zimmasiga yuklangan vazifalarni amalga oshirishda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi (keyingi o‘rinlarda — Agentlik) bilan samarali amaliy hamkorlikni yo‘lga qo‘yish;
  • ommaviy axborot vositalari bilan samarali hamkorlik qilish, axborot xizmatlari bilan doimiy ishlovchi jurnalistlar va blogerlar doirasida tezkor ma’lumotlarni tarqatish, shuningdek, normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini muhokama qilishda keng aholi qatlamlarining ishtirokini ta’minlash maqsadida ekspertlar guruhini shakllantirish;
  • muntazam ravishda ommaviy axborot vositalarida “O‘zmetkombinat” AJ rahbarlarining chiqishlarini tashkil etish;
  • axborot makoni monitoringini olib borish va tahlil qilish, tanqidiy va keng muhokama qilinayotgan axborot xurujlariga tezkor munosabat bildirish, ommaviy axborot vositalari va Internet tarmog‘ida “O‘zmetkombinat” AJ faoliyatiga aloqador axborotni tarqatish bo‘yicha ishlarni tashkil qilish;
  • “O‘zmetkombinat” AJ bilan birgalikda mahalliy va xorijiy ommaviy axborot vositalari orqali tarqatish uchun xabar, ma’lumot, sharh va boshqa axborot-tahliliy materiallar tayyorlash;
  • “O‘zmetkombinat” AJning faoliyati to‘g‘risida jamoatchilik fikrini, milliy va xorijiy ommaviy axborot vositalarining pozitsiyasini o‘rganish, dolzarb takliflar ishlab chiqish va ular to‘g‘risida “O‘zmetkombinat” AJ rahbariyatiga axborot berib borish;
  • “O‘zmetkombinat” AJ faoliyatini xorijiy ommaviy axborot vositalarida sifatli yoritish maqsadida vakolatli vazirliklar va idoralar orqali O‘zbekiston Respublikasining xorijdagi diplomatik vakolatxonalarini, shuningdek, xorijiy mamlakatlarning O‘zbekistondagi diplomatik vakolatxonalarini axborot materiallari (bosma mahsulotlar, foto-, audio-, videomateriallar va h.k.) bilan ta’minlash;
  • “O‘zmetkombinat” AJning vakolatiga kiruvchi normativ-huquqiy hujjatlarning loyihalari hamda ularning tasdiqlangan matnlarini belgilangan tartibda rasmiy veb-saytda joylashtirish;
  • “O‘zmetkombinat” AJning faoliyatiga aloqador matnli, foto-, audio- va videomateriallardan iborat ma’lumotlar bazasini shakllantirish va yangilab borish.

Bugungi kunda kombinat Axborot xizmati tarkibida uzoq yillik tarixga ega “Metallurg minbari” va “За Металл” gazetalari ham faoliyat yuritib kelmoqda. “За Металл” gazetasining birinchi soni 1943-yilda 27-aprel kuni, ayni zavod qurilishi avj olgan vaqtda nashr etilgan. Dastlab “За Металл” va “Metallurg minbari” bir gazeta sifatida yarim o‘zbek, yarim rus tilida chop qilingan. Biroq keyinchalik zamona zayli bilan ma’lum muddatgacha gazetaning har ikki sahifasi ham rus tilida nashr etila boshlanadi. Mamlakatimiz davlat mustaqilligidan so‘ng 1992-yil 7-martda o‘zbek tilidagi gazeta “Metallurg minbari” nomi bilan nashr etila boshlangan. 2022-yilga qadar gazetalar bir necha o‘lcham va ko‘rinishlarda nashr etilgan bo‘lib, hozirgi vaqtda ham bosh muharrirlarmiz tinimsiz gazetalarning o‘qimishli bo‘lishi ustida ishlab kelmoqda.

Kombinatning Axborot xizmati – ko‘p nusxali “Mеtallurg minbari” hamda “За Металл” gazеtalari bilan bir qatorda kombinatning www.uzbeksteel.uz rasmiy veb-sayti, ijtimoiy tarmoqlardagi “Facebook”, “Instagram”, “Twitter”, “Telegram”, “You Tube” kabi sahifalarini ham professional jurnalistikaning yuqori standartlari va asosiy prinsiplari bo‘lgan xolislik, ishonchlilik va betaraflik asosida yuritib boradi!

 

5.00

(1 ovoz)



Sayt test rejimida ishlamoqda