Bekor qilish


Shrift(

1

x

)
Masshtab(100%)
A
A
A

Saytda ovoz jo`rligi(suhandon tekstni o`qib berishi) funksiyasi mavjud. Buning uchun kerakli tekstni belgilaysiz, paydo bo`lgan oynadan bosqichni tanlaysiz. Agar to`xtatmoqchi bo`lsangiz bosqichni tanlaysiz

Bosh sahifa / Axborot xizmati / Yangiliklar / Kundalik yangiliklar

AMALIY MASHG‘ULOTLAR O‘TKAZILDI

16.06.2025 16.06.2025 133

  

20-maydan 20-iyun kuniga qadar "Dolzarb 30 kun" deb nomlangan maxsus yong‘in xavfsizligi oyligida “O‘zmetkombinat” AJ ham faol ishtirok etmoqda.
Oylik doirasida o‘tkazilayotgan chora-tadbirlar kombinat tamonidan ishlab chiqilgan rejalar asosida tashkil etilmoqda. 
Kombinatning tarkibiy bo‘linmalarida favqulodda chiqish eshiklari, binolardan evakuatsiya qilish sxemalari va favqulodda holatda yig‘ilish joylari, fuqaro muhofazasi himoya inshootlari, birlamchi o‘t o‘chirish vositalari, yong‘in-himoya xabarlovchilari va yong‘inni avtomatik o‘chirish tizimlarining ishchi holati tekshirishdan o‘tkazilmoqda. Yong‘inga qarshi suv ta’minoti (gidrant, sig‘im, suv havzalari, ichki yong‘in kranlari) soz holatga keltirildi.
“O‘zmetkombinat” AJ obektlarining yong‘in xavfsizligini ta’minlashni tashkil etish bo‘limi (OYOXTTEB) va korxonaning Favqulodda vaziyatlar va radiatsiya xavfsizligi bo‘limi bilan hamkorlikda tarkibiy bo‘linmalar ishchi-xodimlari bilan amaliy mashg‘ulotlarni o‘tkazmoqda. 
Ana shunday amaliy mashg‘ulotlardan biri Metall konstruksiyalar bo‘linmasida tashkil etildi. Bu amaliy mashg‘ulotlarda ishchi-xodimlarga yong‘in xavfsizligini ta’minlash, yong‘inlarning oldini olish, maxsus o‘t o‘chirish moslamalaridan foydalanish kabilar bo‘yicha tushuntirishlar berildi.
 

 

0

(0 ovoz)