Bekor qilish


Shrift(

1

x

)
Masshtab(100%)
A
A
A

Saytda ovoz jo`rligi(suhandon tekstni o`qib berishi) funksiyasi mavjud. Buning uchun kerakli tekstni belgilaysiz, paydo bo`lgan oynadan bosqichni tanlaysiz. Agar to`xtatmoqchi bo`lsangiz bosqichni tanlaysiz

Bosh sahifa / Axborot xizmati / Yangiliklar / Kundalik yangiliklar

HISOR MARKAZIY GEOLOGIYA QIDIRUV EKSPEDITSIYASIGA PRESS-TUR 

17.06.2025 17.06.2025 146

  
Joriy yilning 11-13-iyun kunlari Tog‘-kon sanoati va geologiya vazirligi huzuridagi "O‘zbek geologiya qidiruv" AJ Ommaviy axborot vositalari vakillari uchun Hisor markaziy geologiya-qidiruv ekspeditsiyasiga press-tur uyushtirdi. Unda “O‘zmetkombinat” AJ Matbuot xizmati xodimi ham ishtirok etdi. 
Jurnalistlar chuqur burg‘ulash texnologiyalari (1900 m gacha) va yuqori aniqlikdagi namunalarni tahlil qilish qo‘llaniladigan Akba uchastkasida burg‘ulash ishlarining borishi bilan tanishdilar. 
Press-tur ishtirokchilari uchun Samarqand shahridagi ruda namunalari tahlil qilinadigan analitik laboratoriya majmuasida ekskursiya o‘tkazildi. 
2025-yil davomida 100 dan ortiq loyiha doirasida qidiruv ishlari rejalashtirilgan. Dastur doirasida oltin, kumush, mis, qo‘rg‘oshin, rux, volfram kabi rudali foydali qazilmalar hamda norudali minerallar – qurilish materiallari va kimyo sanoatida qo‘llaniladigan resurslar bo‘yicha ham ishlar olib borilmoqda. 

Hisor markaziy geologiya qidiruv ekspeditsiyasi Respublikamiz hududining Qashqadaryo, Surxondaryo va Samarqand viloyatining janubiy hududlarida qattiq foydali qazilmalar bo‘yicha geologik qidiruv ishlarini olib boradi. 
Jurnalistlar Qashqadaryo viloyati Kitob geologik milliy tabiat bog‘i va xalqaro miqyosda tan olingan Zinzilbon geologik bo‘limiga tashrif buyurishdi. 
Aksiyadorlik jamiyati mutaxassislari jurnalistlarning savollariga javob berishdi va mamlakatning mineral xomashyo bazasini yanada rivojlantirish rejalari bilan o‘rtoqlashdilar.

 

 

0

(0 ovoz)