Bekor qilish


Shrift(

1

x

)
Masshtab(100%)
A
A
A

Saytda ovoz jo`rligi(suhandon tekstni o`qib berishi) funksiyasi mavjud. Buning uchun kerakli tekstni belgilaysiz, paydo bo`lgan oynadan bosqichni tanlaysiz. Agar to`xtatmoqchi bo`lsangiz bosqichni tanlaysiz

Bosh sahifa / Axborot xizmati / Yangiliklar / Kundalik yangiliklar

SAMARALI MEHNAT QILISHMOQDA

25.06.2025 25.06.2025 1012

   

Jamoa ahilligi ish samaradorligini oshiradi, ijtimoiy muhitni mustahkamlaydi, ishchilarning motivatsiyasini yuksaltiradi va umumiy maqsadlarga erishishni osonlashtiradi. 
Elektrda po‘lat eritish bo‘linmasining Uzluksiz po‘lat quyish qurilmasi uchastkasida mehnat qilayotgan ahil jamoa ham oldiga qo‘yilgan topshiriqlarni munosib bajarib kelmoqda. Ularning asosiy ish vazifalari po‘lat quymalarini sifatli qilib quyib, boshqa bo‘linmalarni ushbu mahsulot bilan ta’minlashdan iboratdir. 

Uzluksiz po‘lat quyish uchastkasida 140ga  yaqin ishchi-xodimlar mehnat qilishadi. Ular smena davomida o‘rtacha 10 ta po‘lat quymalarini tayyorlashadi ularning har birining og‘irligi 113 tonna. Usta Muzaffar Qodirov, operator Xayrulla Hamdamov, po‘lat kuyuvchi Bahodir Yo‘lchiboyev kabi ishchi-xodimlar mahsulotni sifatli va vaqtida tayyorlanishida o‘z hissalarini qo‘shmoqdalar. Aytish kerakki, munosib mehnat mahsulot sifatini oshiradi, bu esa korxonaning obro‘si va raqobatbardoshligiga ijobiy ta’sir ko‘rsatadi. Buni to‘g‘ri anglagan po‘lat quyuvchilar samarali mehnat qilishmoqda.

 

0

(0 ovoz)