+998 71 514-14-62
Sahifa bölimlari

IKKINCHI MAVSUM HAM BOSHLANDI

IKKINCHI MAVSUM HAM BOSHLANDI
1 / 2

Maktab o‘quvchilari uchun unutilmas dam olish va sog‘lomlashtirish mavsumi davom etmoqda. “Sohil” bolalar sog‘lomlashtirish oromgohi o‘zining ikkinchi mavsumini ham boshlab yubordi.  Ikkinchi mavsumda ham bolalar uchun yanada qiziqarli va mazmunli o‘tishi uchun ko‘plab yangiliklar va tadbirlar rejalashtirilgan. Qolaversa bolalarning yozgi ta’tilni samarali o‘tkazishi, jismonan va aqlan sog‘lom bo‘lib ulg‘ayishi uchun muhim ahamiyatga ega. Bu oromgohda ta’lim-tarbiya sifatini oshirish, sport va kitobxonlik madaniyatini rivojlantirishga alohida e’tibor qaratilmoqda.
Ikkinchi mavsumda bolalar uchun nafaqat dam olish, balki o‘quvchilarning qiziqishlariga mos ravishda turli to‘garaklar va tadbirlar tashkil etiladi. Bu mashg‘ulotlar bolalarning iqtidorini yuzaga chiqarish va yanada faol bo‘lishiga yordam beradi.

0.000 ta baho
Maqolani baholang
← Yangiliklarga qaytiş