YONG‘IN XAVFSIZLIGI — DOIMO NAZORATDA
Sanoat xavfsizligi darajasini oshirish maqsadida “O‘zmetkombinat” AJning ob’yektlarda yong’in xafsizligini ta’minlashni tashkil etish bo‘limi tomonidan tungi smenada faoliyat yuritayotgan quyidagi bo‘linmalarda profilaktik tadbirlar o‘tkazildi:
Navli prokatlash bo‘linmasi
Zoldir prokatlash bo‘linmasi
“Bekobod Bazalt” MCHJ
Tadbirlar davomida quyidagi jihatlarga alohida e’tibor qaratildi:
yong‘in xavfsizligi qoidalariga rioya etilishi;
yong‘in sodir bo‘lganda to‘g‘ri harakat qilish bo‘yicha xodimlarga tushuntirish ishlari olib borilishi.
Bo‘linmalar xodimlariga yong‘in xavfsizligiga mas’uliyat bilan yondashish muhim ekani yana bir bor eslatib o‘tildi.
Bunday profilaktik tadbirlar ishlab chiqarishdagi xavflarni kamaytirish va xavfsiz mehnat madaniyatini shakllantirishga xizmat qiladi.