Bekor qilish


Shrift(

1

x

)
Masshtab(100%)
A
A
A

Saytda ovoz jo`rligi(suhandon tekstni o`qib berishi) funksiyasi mavjud. Buning uchun kerakli tekstni belgilaysiz, paydo bo`lgan oynadan bosqichni tanlaysiz. Agar to`xtatmoqchi bo`lsangiz bosqichni tanlaysiz

Bosh sahifa / Axborot xizmati / Yangiliklar / Kundalik yangiliklar

“O’ZMETKOMBINAT” AJ XALQARO STANDARTLAR BO‘YICHA MENEJMENT TIZIMLARINI INTEGRATSIYALASHNI YAKUNLADI

31.07.2025 31.07.2025 18

 

«O’zmetkombinat» AJ ISO 9001:2015, ISO 45001:2018 va ISO 50001:2018 xalqaro standartlari talablariga muvofiq menejment tizimlarini integratsiyalash ishlarini muvaffaqiyatli yakunladi.

Integratsiya doirasida Integratsiyalashgan menejment tizimi (IMT) bo‘yicha Siyosat va Maqsadlar, Qo‘llanma hamda SWOT-tahlil qayta ko‘rib chiqildi, shuningdek, hujjatlashtirilgan tartiblar va yo‘riqnomalar yangilanib, amaldagi holatga moslashtirildi. Bu esa boshqaruvning yagona yondashuvini shakllantirishga va jarayonlar takrorlanishini bartaraf etishga xizmat qildi.

2025-yil 18-iyul kuni kombinat IMT bo‘yicha Milliy sertifikatlashtirish tizimida sertifikatlarni qo‘lga kiritdi. Ushbu sertifikatlar 2028-yil 17-iyulgacha amal qiladi.

2026–2027-yillarda ISO 14001:2015 standartini amaldagi IMTga joriy etish rejalashtirilgan. Bu qadam ishlab chiqarish jarayonlarini yanada takomillashtirish va atrof-muhitni muhofaza qilishni kuchaytirishga xizmat qilib, mijozlar, investorlar va boshqa manfaatdor tomonlar manfaatlari yo‘lida amalga oshiriladi hamda korxonaning ishbilarmonlik obro‘sini yanada mustahkamlashga yordam beradi.

Iste’molchilar va investorlar ishonchini oshirishga intilib, «O’zmetkombinat» AJ iqtisodiy ko‘rsatkichlarni tizimli ravishda yaxshilamoqda, qonunchilik va normativ talablarga qat’iy amal qilmoqda hamda biznes uchun yangi imkoniyatlarni izchil ravishda ochib bormoqda.

 

0

(0 ovoz)