Bekor qilish


Shrift(

1

x

)
Masshtab(100%)
A
A
A

Saytda ovoz jo`rligi(suhandon tekstni o`qib berishi) funksiyasi mavjud. Buning uchun kerakli tekstni belgilaysiz, paydo bo`lgan oynadan bosqichni tanlaysiz. Agar to`xtatmoqchi bo`lsangiz bosqichni tanlaysiz

Bosh sahifa / Axborot xizmati / Yangiliklar / Kundalik yangiliklar

KOMBINATDA GENDER TENGLIGI

01.08.2025 01.08.2025 17

 

"O‘zmetkombinat" AJda gender tengligi — bu shunchaki rasmiyatchilik emas, balki shakllangan amaliyotdir. Ayollar erkaklar bilan bir jamoada ishlab, ulardan qolishmay  o‘z vazifalarini sidqidildan bajarib kelmoqdalar. 

Bugungi kunda kombinatda ayollar nazoratchi, kran haydovchisi, pult operatori, muhandis-texnik xodim, iqtisodchi, texnolog va tahlilchi kabi turli kasblarda mehnat qilishadi. Ular ishlab chiqarish va boshqaruv jarayonlarida faol ishtirok etib, strategik vazifalarni amalga oshirishga o‘z hissalarini qo‘shib,  murakkab vaziyatlarda ham aniq, to‘q‘ri qarorlar qabul qilish qobilyatini namoyon etmoqdalar.
Metallurglar jamoasida ayollar kombinat rivojiga faol hissa qo‘shayotgan mutaxassislar sifatida qadrlanadi. Bu esa metallurgiya  faqatgina erkaklar kasbi emasligini ko‘rsatadi. Ayollarning muhim yo‘nalishlardagi faol ishtiroki kombinatning kuchli va barqaror  jamoa shakllantirish borasida oqilona   yo‘l tutayotganligini ko‘satadi.

 

0

(0 ovoz)