Bekor qilish


Shrift(

1

x

)
Masshtab(100%)
A
A
A

Saytda ovoz jo`rligi(suhandon tekstni o`qib berishi) funksiyasi mavjud. Buning uchun kerakli tekstni belgilaysiz, paydo bo`lgan oynadan bosqichni tanlaysiz. Agar to`xtatmoqchi bo`lsangiz bosqichni tanlaysiz

Bosh sahifa / Axborot xizmati / Yangiliklar / Kundalik yangiliklar

DASTLABKI QURUVCHILAR SHUNDAY TAYYORLANGAN

02.08.2025 02.08.2025 19

 

1942-yilning kuzida “Dalvarzin” dashtlari va Sirdaryo sohili orasida, afsonaviy Farhod qoyalariga yondosh joylashgan Begovot qishlogʻida quruvchilarning dastlabki guruhi ish boshladi. Bu umumxalq qurilishiga aylandi.

Bu qurilishga Xalq komissarligi rahbarlik qilardi. Undagi asosiy kuch oddiy kolxozchilardan iborat edi. 1943-yil yanvar oyida qurilishda deyarli 3000 kishi ishlar edi, bahorga kelib esa ularning soni 4500 nafarga yetdi.
Mashina deyarli yoʻqligi uchun asosiy ish qoʻlda bajarilar edi. Odamlar 12–16 soat ishlardilar, och qolishsa ham, sovqotishsa ham taslim boʻlmadilar. Ular shu joyda quruvchilik kasblarini oʻrgandilar. Kechagi kolxozchilardan betonchilar, gʻisht teruvchilar, suvoqchilar kabi haqiqiy ustalar yetishib chiqdi.
1943-yil oxiriga kelib zavod komissiyasi 1126 nafar yangi mutaxassisga shahodatnoma berdi. Shunday qilib, boʻlajak zavodning tarixi boshlanishi bilan birga bu joyda birinchi quruvchilar ham tayyorlandi. Bu mamlakat sanoatining asosiga aylandi.

 

0

(0 ovoz)