Bekor qilish


Shrift(

1

x

)
Masshtab(100%)
A
A
A

Saytda ovoz jo`rligi(suhandon tekstni o`qib berishi) funksiyasi mavjud. Buning uchun kerakli tekstni belgilaysiz, paydo bo`lgan oynadan bosqichni tanlaysiz. Agar to`xtatmoqchi bo`lsangiz bosqichni tanlaysiz

Bosh sahifa / Axborot xizmati / Yangiliklar / Kundalik yangiliklar

TARIXGA BIR NAZAR

03.08.2025 03.08.2025 70

     

Saksoninchi yillarda zavodni kengaytirish va qayta qurish ishlari izchil davom ettirildi. 1984-yil 30-iyun kuni quruvchilar va metallurglarning to‘rt yillik fidokorona mehnati natijasida 2-navli prokat tsexi (hozirgi kunda Navli prokatlash bo‘linmasi)ning birinchi navbati ishga tushirildi. Tsexning ikkinchi navbati esa 1987-yil sentyabr oyida foydalanishga topshirildi.

Yiliga 600 ming tonna prokat mahsuloti ishlab chiqarish quvvatiga ega yangi tsex Elektrda po‘lat eritish tsexi bilan (hozir Elektrda po‘lat eritish bo‘linmasi) bir vaqtda barpo etildi. Ularni bunyod etishda respublikadagi eng mohir quruvchilar ishtirok etishdi.

2-navli prokat tsexi ishga tushirilishi bilan zavoddagi prokat mahsuloti ishlab chiqarish hajmi uch barobarga oshdi. Tsex “14”, “150” quyma quvur tayyorlamalari, turli xil navli prokatlar: aylana, “12”, “14”, “16”, “18”, “20” diametrdagi armaturalar, “15”, “50”, “56”, “63” o‘lchamdagi burchaklar, “P-5” o‘lchamdagi shvellerlar hamda 1-navli prokat tsexi (hozirgi Zoldir prokatlash bo‘linmasi) uchun “125” mm kvadratni ishlab chiqarishni o‘zlashtirdi.

 

0

(0 ovoz)