YANGI MAJMUA UCHUN ENERGIYA TA’MINOTI
Quyuv-prokatlash majmuasini qurish bo‘yicha investitsiyaviy loyihani amalga oshirish doirasida “Metallurgiya” podstansiyasida modernizatsiya va texnik kengaytirish ishlari olib borildi.
Bu yerga quvvati 200 MVA bo‘lgan yangi transformator o‘rnatildi, u kelgusida majmua uchun qo‘shimcha kuchlanishni ta’minlaydi. Bu yangi ishlab chiqarish uchun energiya tizimini ishonchli shakllantirish yo‘lidagi muhim qadamdir.
Shuningdek, 110 kVli yangi yacheykalar o‘rnatildi va Quyuv-prokatlash majmuasining hududida qurilgan podstansiyaga olib boruvchi 110 kVli havo liniyalari tortilib, o‘rnatildi.
Yaqin kunlarda transformatorning ishga tushirish sinovlari o‘tkaziladi. Shundan so‘ng u foydalanishga topshirilib, Quyuv-prokatlash majmuasini elektr energiyasi bilan ta’minlay boshlaydi.