+998 71 514-14-62
Sahifa bölimlari

YOSHLAR BILAN OCHIQ MULOQOT – KELAJAK SARI QADAM

YOSHLAR BILAN OCHIQ MULOQOT – KELAJAK SARI QADAM
1 / 5

Bugun “Oʻzmetkombinat” AJda Boshqaruv raisi – Bosh direktor Bahodir Abdullayev korxona yosh xodimlari bilan samimiy va ochiq muloqot o‘tkazdi. Tadbir Ijro apparati majlislar zalida bo‘lib o‘tdi va ishonchli muhitda o‘zgacha ruh bag‘ishladi.

Muloqot davomida korxonaning kelgusi rivojlanish strategiyasi muhokama qilindi. Bahodir Abdullayev o‘z nutqida, kombinatning kelajagi aynan yoshlarning tashabbuskorligi, bilimlari va yangi g‘oyalariga tayanishini ta’kidladi.

Yosh mutaxassislar xorijiy amaliyotlar, yangi texnologiyalarni joriy etish, ilmiy izlanishlar va karyera o‘sishi bo‘yicha o‘z savollarini berdilar. Har bir savolga batafsil javob qaytarildi, ilgari surilgan takliflar esa rahbariyat tomonidan qo‘llab-quvvatlandi.

Muloqot yakunida Bahodir Abdullayev yoshlarga faol bo‘lishni, o‘z g‘oyalarini jasorat bilan ilgari surishni va kombinat taraqqiyotida bevosita ishtirok etishni maslahat berdi.

Bu uchrashuv nafaqat savol-javoblar maydoni, balki yoshlarning kelajakka ishonchini mustahkamlovchi muhim suhbat bo‘ldi.

          

0.000 ta baho
Maqolani baholang
← Yangiliklarga qaytiş