+998 71 514-14-62
Sahifa bölimlari

SEMINAR MASHG‘ULOTLARI O‘TKAZILMOQDA

SEMINAR MASHG‘ULOTLARI O‘TKAZILMOQDA

“O‘zmetkombinat” AJning barcha bo‘linmalarida Komplaens xizmati tomonidan seminar mashg‘ulotlari o‘tkazilmoqda. Ushbu tadbirlar korxonada halollik, ishonch va ochiqlik muhitini shakllantirishga qaratilgan tizimli ishlarning muhim qismidir.

Seminarlarda korrupsiyaga qarshi siyosatning asosiy yo‘nalishlari muhokama qilinmoqda, amaliy misollar keltirilib, qonun buzilishlarining oldini olish choralari ko‘rib chiqilmoqda. E’tibor markazida bosh direktor Bahodir Abdullayevning «Metallurg minbari» gazetasida chop etilgan «Korrupsiyaga yo‘l qo‘ymaylik!» nomli murojaati bo’ldi. Unda korrupsiyaning korxona rivojiga to‘sqinlik qilishi va jamoada ishonchni yemirishi ta’kidlangan.

Seminarda xodimlar faol qatnashib, savollar berishmoqda va o‘z tajribalarini o‘rtoqlashishmoqda. Bunday ochiq muloqotlar birgalikda amaliy yechimlarni topishga yordam bermoqda.

Korrupsiyaga qarshi kurash butun jamoaning umumiy maqsadi sifatida qaralmoqda. Faqat birgalikdagi harakatlar korxonada adolatli va barqaror rivojlanish uchun mustahkam asos yaratadi.

5.003 ta baho
Maqolani baholang
← Yangiliklarga qaytiş