+998 71 514-14-62
Sahifa bölimlari

ISO 37001 SERTIFIKATI: “O‘ZMETKOMBINAT”DA KORRUPSIYAGA NISBATAN NOL TOQATSIZLIK SIYOSATI TASDIQLANGAN

ISO 37001 SERTIFIKATI: “O‘ZMETKOMBINAT”DA KORRUPSIYAGA NISBATAN NOL TOQATSIZLIK SIYOSATI TASDIQLANGAN

“O'zmetkombinat” AJ xalqaro ISO 37001:2016 hamda uning milliy talqini — O‘z DSt ISO 37001:2019 standartlari bo‘yicha sertifikatlangan.

Bu standartlar “Korrupsiyaga qarshi boshqaruv tizimlari” deb ataladi. Ular butun dunyoda tan olingan bo‘lib, korxonamizda korrupsiyaviy xavflarning oldini olish va kamaytirishga qaratilgan zamonaviy tizim joriy etilganini tasdiqlaydi.

Bu biz uchun nimani anglatadi?

✅ Korrupsiyaga “mutloq toqatsizlik” siyosati;

✅ shaffof va halol biznes jarayonlari;

✅ xodimlarni o‘qitish va ochiqlik madaniyatini rivojlantirish;

✅ hamkorlar, mijozlar va jamiyat ishonchi.

ISO 37001:2016 va O‘z DSt ISO 37001:2019 sertifikatlari shunchaki hujjat emas, balki “O'zmetkombinat” AJning halollik, ahloq qoidalari va mas’uliyatning jahon hamda milliy standartlariga amal qilayotganini tasdiqlovchi dalildir.

0.000 ta baho
Maqolani baholang
← Yangiliklarga qaytiş